O‘zDJTU huzuridagi Tarmoq markazi bo'lim boshlig'i II Xalqaro lingvistik forumda ishtirok etdi

2025-yil 22–24-may kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida bo‘lib o‘tayotgan II Kazan xalqaro lingvistik forumida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi bo‘lim boshlig‘i Kayumov Abdulatif Abdumalikovich rasmiy nutq bilan ishtirok etdi.

Forumda u O‘zbekistonda pedagog kadrlarning malakasini oshirish tizimi, mavjud tajriba va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari haqida ma’ruza bilan chiqdi. Unda o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi ilg‘or yondashuvlar, xalqaro hamkorlik loyihalari hamda raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish tajribasi yoritildi.

Tadbir Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligi, Qozon federal universiteti, Yevroosiyo oliy ta’lim makonidagi bir qator yetakchi oliygohlar hamkorligida tashkil etilgan.

A. Kayumov ushbu forum doirasida turli davlatlardan tashrif buyurgan tilshunos olimlar, tarjima sohasi mutaxassislari va ta’lim siyosatchilari bilan muloqot olib bordi, kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini belgilab oldi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube