19-mart kuni O‘zDJTU rektori I.Tuxtasinov Argentinaning O‘zbekiston uchun mas‘ul favqulodda va muxtor elchisi hamda Hamdo‘stlik davlatlari bo‘yicha vaziri hamda bosh konsuli bilan uchrashdi. 

 

Muloqot chog‘ida rektor Ilxomjon Tuxtasinov O‘zbekistonda ta‘lim va fan sohasida amalga oshirilayotgan samarali islohotlar, O‘zDJTU ning faoliyati va Argentina OTMlari bilan hamkorlik bo‘yicha aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ma‘lum qildi. 

 

Elchi janoblari aloqalarni mustahkamlashga tayyor ekanligini ma‘lum qildi hamda universitet vakillariga ushbu yo‘nalishda har qanday yordam ko‘rsatishini ta‘kidlab o‘tdi. 

 

Uchrashuvda qatgashgan vazir janoblari O‘zbekiston Respublikasi bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga katta qiziqish borligini e‘tirof etdi. Tomonlar kelgusida ta‘lim va ilmiy tadqiqot sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida kelishib oldilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube