7-fevral kuni O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov O'zbekistondagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi direktori R.Sabirov va bo'lim boshlig'i P.Saidakbarov bilan uchrashdi.

Ma'lumot o'rnida: Markaz ilk bor faqat O'zbekistonda faoliyat yuritgan, hozirga kelib Xitoy, Rossiya, Belarus, Qozog'iston kabi davlatlarda ham tashkil etilgan. 

Muloqot chog'ida o'zaro hamkorlik masalalari, jumladan, Markaz tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda O'zDJTU talabalarining faol ishtirokini ta'minlash, tarjima sohasida birga ishlash, universitetda uchrashuvlar tashkil qilish va ushbu tadbirga SHHT ga a'zo davlatlardan vakillarni taklif qilish kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Markaz rahbariyati talabalar uchun grantlar ajratilishi borasida ko'maklashishga tayyorligini ta'kidlab o'tdi.

2024-02-08 04-06

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi