OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti vakillari koreys tili o’qituvchilari malakasini oshirishga qaratilgan treningda ishtirok etdi

Joriy yilning 23-25 iyun kunlari Courtyard Tashkent by Marriot Hotel binosida “Amaliy tajribaga asoslangan o‘qitish metodikasini birgalikda o‘rtoqlashish” mavzusida koreys tili oʻqituvchilari uchun trening tashkil etildi. 

 

 

Tadbirni O’zDJTU Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Abdurahim Nosirov va KOICAning O’zbekistondagi ofisi direktor o’rinbosari So Wansu oʻz nutqi bilan ochib berdi. 

KOICA, KIDC va Pyeongtaek universitetining hamkorlikdagi loyihasi asosida oʻtgan mazkur dasturda OʻzDJTU Sharq filologiya fakulteti Koreys tili kafedrasidan 20 nafar o’qituvchilar qatnashdi.

Trening davomida:
Sungkyunkvan universiteti professori, Koreys tili va adabiyoti boʻyicha Ph.D. Yang Jiseon, Koryo universiteti xalqaro aloqalar magistri, Sankt-Peterburg davlat universiteti Ph.D., Toshkent Aju universiteti koreys tili kafedrasi mudiri professor Park Sang-u, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Koreys tili va adabiyoti fakulteti talabasi, Koreys ta’lim markazi o’qituvchisi Kim Ekaterina hamda 8 nafar KOICA loyihaviy volontyorlari: Na Jongib, Kim Minhee, Choi Yubeen, Kim Joohee, Park Soobin, Shin Su Geun, Yun Muhyeon, Lee Eungyul
tomonidan qiziqarli va manfaatli  ma’ruza va chiqishlar taqdim etildi. 

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube