O‘zDJTU VA MALAYZIYANING SULTON IDRIS PEDAGOGIKA UNIVERSITETI HAMKORLIGI DAVOM ETMOQDA
Malayziyaning Sultan Idris Universitetidan hamkorlik doirasida Professor Dr. Abdul Rahim bin Razalli va Dr. Shahrul Kadri bin Ayop Media va kommunikatsiya fakultetiga tashrif buyurishdi. Fakultet jamoasi va talabalar bilan tanishib, ular uchun “Sign Language” mavzusida taqdimot qilishdi.
Tashrif davomida fakultet dekani A.Karimov hamda Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasi mudiri D.Teshabayevalar bilan uchrashib UPSI va fakultet o'rtasida hamkorlikni har tomonlama mustahkamlashga kelishib, kelgusida talabalar almashinuvi (Student exchange program) davom ettirilishi, o’quv, ilmiy, madaniy jihatdan hamkorlik ham yo’lga qo’yilishi belgilab olindi. Qolaversa, Qo’shma ta’lim (Dual ta’lim) doirasida hamkorlikni yo’lga qo’yishni muhokama qilish taklif etildi.
Shundan so’ng, mehmonlar Malay tili markaziga tashrif buyurib, u yerda talabalar uchun tashkil etilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar.