19-mart kuni OʻzDJTU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Nasirov Ozarbayjon Respublikasi OTU Roman tillari tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Ulfat Zakir o‘g‘li Ibrohim bilan uchrashdi.

 

Mazkur uchrashuv doirasida Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri G.A.Rahimova va OTU Roman tillari tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Ulfat Zakir o‘g‘li Ibrohim o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim sohasida tenglikni ta’minlash hamda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shish maqsadida hamkorlik shartnomalari imzolandi.

 

Shuningdek, tomonlar universitetlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash maqsadida ramziy sovg‘alar almashish marosimini o‘tkazdilar. Ushbu uchrashuv ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube