O‘ZDJTUDA BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI BO‘LIB O‘TDI
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Uchtepa tuman hokimligi bilan hamkorlikda “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tkazildi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi. Vazir universitetga jalb qilingan tashkilotlar tomonidan taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishdi va talabalar uchun mavjud imkoniyatlarni ko‘rib chiqdi.
Yarmarka universitetning bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida o‘tkazilib, 34 ta xususiy va davlat tashkilotlari o‘z bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etdi. Tadbir davomida talabalar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilib, ishga qabul qilish tartibi, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, mehnat sharoitlari va ijtimoiy kafolatlar haqida batafsil ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldilar.
Yarmarka bitiruvchilarga o‘z kasbiy yo‘nalishini aniqlash, ish bozoridagi talablarni tushunish va kelajakdagi rejalari ustida jiddiy o‘ylashga turtki bo‘ldi. Shu bilan birga, talabalar amaliy ko‘nikmalarini namoyish etish va ish beruvchilar bilan bevosita muloqot orqali o‘z imkoniyatlarini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.