O‘zDJTUda hamkorlik memorandumi imzolandi

26-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bir nechta muhim hamkorlik memorandumi imzolanish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir doirasida:

 • O‘zDJTU va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasida ta’lim, ilmiy va innovatsion sohalarda hamkorlik memorandumi;
 • O‘zDJTU va Cyber University o‘rtasida hamkorlik memorandumi;
 • O‘zDJTU va O‘zbekiston Kompyuter va Kibersport oʻyinlari Assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Marosimda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Cyber University va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari, shuningdek O‘zbekiston Kompyuter va Kibersport oʻyinlari Assotsiatsiyasi raisi D.M. Djurayev ishtirok etdilar.

Memorandumlar doirasida tomonlar o‘quv dasturlari, ilmiy-tadqiqot loyihalari, dual degree dasturlari, zamonaviy IT va kibersport yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun malaka oshirish, xalqaro konferensiya va tanlovlarda birgalikda ishtirok etish kabi yo‘nalishlarda o‘zaro faoliyat olib borish bo‘yicha kelishib oldilar.

Ushbu hamkorlik memorandumi yoshlar ta’limi, ilmiy izlanishlar va kibersportni rivojlantirishga yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube