O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davlat madhiyasi bilan boshlanib, universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov 8-dekabr - O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan professor-o‘qituvchilar hamda talabalarni tabrikladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Yoqubov, Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” milliy-huquqiy axborot markazi maslahatchisi Ahmadjon Odilov, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Siyosiy ta’lim markazi rahbari Nasimjon Alimovlar tomonidan konstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni, kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha huquqiy ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbirning badiiy qismida fakultet talabalari tomonidan harbiy chiqishlar, raqslar, sahna ko‘rinishi va she’rlar ijro etildi. Tadbir yakunida, mehmonlar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.