PhD DISSERTATSIYASI HIMOYASI BO‘LIB O‘TDI
9-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Yakupova Zuxra Allanazarovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Chet tilida talabalar multimadaniy kompetensiyasini post metod modullari asosida takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy kengash majlisida O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda dissertatsiyaning rasmiy opponentlari ishtirok etdi.
Himoya davomida dissertatsiya ishi yuzasidan ilmiy fikr-mulohazalar bildirilib, tadqiqot natijalari muhokama qilindi.
