Poitiers universiteti va O‘zDJTU o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

2025-yil 10-mart kuni Poitiers universiteti (Fransiya) va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu kelishuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik hamkorlikni mustahkamlash, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

 

 

Shartnoma intellektual mulk, axborot xavfsizligi va akademik hamkorlikka oid muhim bandlarni o‘z ichiga oladi. Unda ikki universitet o‘zaro loyihalar, ilmiy anjumanlar va innovatsion tadqiqotlarni birgalikda amalga oshirishga kelishib oldi.

 

 

Shartnomani Poitiers universiteti prezidenti Virginie Laval va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov imzoladi. Ushbu hamkorlik ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy va akademik aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mazkur kelishuv doirasida amalga oshiriladigan dasturlar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar tez orada e’lon qilinadi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube