Poytaxtimizda Taʼlim va ilm-fan vazirligi tomonidan “Özgarayotgan dunyo uçun ilğor innovatsiyalar” şiori ostida taşkil etilgan “InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi.
Haftalik doirasida Turkiy davlatlar ilm-fan va innovatsiyalar kuni ham taşkil etildi. Unda turkiy davlatlar örtasida ilmiy-innovatsion hamkorlikni rivojlantiriş, ilğor tajribalarni ommalaştiriş, zamonaviy ilmiy işlanmalarni qöllab-quvvatlaş hamda yoş olimlar va tadqiqotçilar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbirda Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov, Ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektor O. Yusupov, Ilmiy va innovatsion işlanmalarni tijoratlaştiriş bölimi boşliği F. Abdullayeva, professor-öqituvçilar S. Begmatova, D. Yöldaşeva, F. Mannonova hamda universitet talabalari iştirok etdilar.
“InnoWeek–2026” — ilm-fan, innovatsiya va tadbirkorlikni birlaştiruvçi, istiqbolli ğoyalarni amaliy natijalarga aylantirişga xizmat qiluvçi muhim xalqaro maydon!
2026-10-28 02-09