Prezident Murojaatnomasi mazmuni fakultetlarda tushuntirilmoqda

7-yanvar kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. 

Mazkur seminar fakultet dekani Dilshod Djurayev rahbarligida o‘tkazilib, unda professor-o‘qituvchilar hamda fakultet jamoasi a’zolari ishtirok etdi.

Seminar davomida Prezidentimiz Murojaatnomasida belgilab berilgan muhim ustuvor yo‘nalishlar — mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash, ta’lim va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ekologik muvozanatni saqlash hamda inson kapitalini rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, Murojaatnomada ilgari surilgan vazifalarning oliy ta’lim muassasalari, xususan, yoshlar tarbiyasi va ularning zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni alohida ta’kidlab o‘tildi.

Seminar yakunida Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etish, ta’lim sifatini oshirish hamda ilmiy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube