REKTOR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

REKTOR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

10-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinovning talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, mavjud muammolar va takliflar yuzasidan rektorga bevosita murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi. Ayrim masalalar bo‘yicha joyida tushuntirishlar berildi.

Bunday ochiq muloqotlar universitet jamoasi bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, murojaatlarni o‘rganish va mavjud muammolarga yechim topishga qaratilgan.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube