REKTOR TALABALAR HOLIDAN XABAR OLDI

REKTOR TALABALAR HOLIDAN XABAR OLDI

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Ingliz filologiyasi fakulteti talabalarining yaşaş şaroitlarini örganiş maqsadida ular istiqomat qilayotgan ijara xonadonlariga taşrif buyurdi.

Taşrif davomida talabalarning turmuş şaroiti, kundalik ehtiyojlari va xavfsizligi bilan yaqindan tanişildi. Xonadonlarda yaratilgan qulayliklar, sanitariya holati hamda talabalarning ta'lim olişi va dam olişi uçun mavjud şaroitlarga alohida e'tibor qaratildi.

Rektor talabalar va xonadon egalari bilan samimiy suhbatlaşib, yoşlarning fikr-mulohazalari, takliflari hamda ularni qiynayotgan masalalarni tingladi. Mavjud muammolarni bartaraf etiş va talabalarni qöllab-quvvatlaş yuzasidan fikr almaşildi.

Şuningdek, kuz-qiş mavsumida xavfsizlikni ta'minlaş masalalariga alohida töxtalib ötildi. Xususan, isitiş moslamalaridan töğri va xavfsiz foydalaniş, elektr jihozlarini nazoratsiz qoldirmaslik, gaz uskunalarining sozligini muntazam tekşirib turiş, xonalarni şamollatiş hamda yonğin xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qiliş böyiça zarur tavsiyalar berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube