7-oktabr kuni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitet rahbariyati vakillari universitet talabalari istiqomat qilayotgan ijara uylarda bo‘lib, ularning shart-sharoiti bilan yaqindan tanishdi.

Talabalar bilan suhbatlashib ularning ehtiyoji va shart-sharoiti o‘rgandi. Ularning qanday muammolarga duch kelayotganligi bilan qiziqdi.

Shuningdek, tashrif davomida rektor tomonidan talabalarga elektr, gaz va dazmoldan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, ozodalikka hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerakligi haqida maslahat va tavsiyalar berildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube