20-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Moskva davlat lingvistik universiteti (MDLU) bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturida ishtirok etish uchun jo’nab ketayotgan talabalar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda rektor talabalarning o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilab, ikkinchi semestrga tayyorgarlik ko‘rish borasida zarur tavsiyalar berdi. Unda universitet rahbariyati vakillari ham ishtirok etib talabalarga o’z tavsiyalarini berib o’tdi. Shuningdek, xorijiy universitetning ichki qoidalariga rioya qilish zarurligini ta’kidladi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.