Roman-German filologiyasi fakulteti talabalari uchun Erasmus+ tanlovi!
Mursiya Universiteti - 1 ta o'rin Kordoba Universiteti - 1 ta o'rin
Ariza topshirish muddati:
01.04.2026 dan 15.04.2026 gacha
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
• Bakalavriyatning 3–4-bosqich talabalari
• Mutaxassislik: Ispan tili, Roman-German Filologiyasi fakulteti
• Oldin Erasmus+ dasturida ishtirok etmagan talabalar
Talablar:
• Ispan tilini bilish darajasi kamida B1/B2
• Yuqori akademik ko‘rsatkichlar
• Avval Erasmus loyihasida qatnashmagan bo’ lishi
Talab etiladigan hujjatlar:
• Motivatsion xat
• Pasport (ID, xorijiy)nusxasi
• Universitetda o’qish davomida olingan sertifikatlar
• Ilmiy maqolalar yoki nashrlar (agar mavjud bo‘lsa)
Qanday topshiriladi?
Tanlov jarayoni haqida batafsil ma’lumot olish uchun Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi D.Xaydarova bilan bog‘laning.
Ispaniyada o‘qish, tilingizni rivojlantirish va xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!