SEMINAR–TRENING

2026-yil 17-fevral kuni Ingliz filologiyasi fakulteti professori Axmedova Layloxon Tolibjonovna tomonidan Toshkent International University professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar va talabalar uchun “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar davomida:
 - zamonaviy pedagogik yondashuvlar,
 - innovatsion ta’lim texnologiyalari,
 - chet tillarni o‘qitishda raqamli vositalardan samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Ushbu seminar-trening ilmiy faollikni kuchaytirish, tajriba almashish hamda ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube