- 2024-05-07 07-44
Sharq tillar festivali
Bugun 2024 yil 5-may kuni OzDJTU Sharq filologyasifakultetetida ilk marotaba “sharq tillar festivali “bo'libo'tdi. Bilamizki O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ta’lim sifatini tubdan oshirish, sohaga malakali pedagoglarni jalb qilish hamda aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida qabul qilinayotgan Davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida rivojlantirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi PQ-5117-sonli qaroriga muvofiy xorijiy tillarni o‘qitish sohasida uzluksiz ta’lim “bog‘cha-maktab-oliy ta’lim tashkiloti-korxona” zanjiri tashkil etildi. Ushbu ta’lim tizimida yoshlarga ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, arab, xitoy, koreys, yapon, turk, fors, malay, urdu, pushtu, dari va hind tillari xorijiy til sifatida o‘qitilib kelinmoqda.
Shu jumladan Sharq filologiyasi fakultetida filologiya va tillarni o‘qitish (koreys, xitoy, yapon, arab va turk tillari) kunduzgi va kechki ta’lim yo‘nalishlarida jami 2000 ga yaqin talabalar sharq tillarini o‘qib kelishmoqda. Fakultetda 5 ta kafedraKoreys filologiyasi, Xitoy filologiyasi, Yapon filologiyasi, O‘zbek tili va adabiyoti va Jahon adabiyoti kafedralarida 100 dan ortiq mahalliy hamda 20 dan ortiq xorijlik professor-o‘qituvchilar o‘zlarining pedagogik faoliyatlarini olib bormoqda.
Shuningdek, universitet Xitoy Xalq Respublikasi, Janubiy Koreya, Yaponiya, Turkiya, Jazoir, Birlashgan Arab Amirliklari, Misr Respublikalarining O‘zbekistondagi elchixonalari, Janubiy Koreyaning KOICA, Koreya ta’lim markazi, Yaponiyaning JICA, Xitoyning Xitoy milliy madaniyat markazi kabi tashkilotlari bilan faol xamkorlik aloqalari olib borilmoqda, natijada ko‘plab talabalarimiz xorijiy davlatlarda o‘z malakalarini oshirib qaytmoqda.
Festival erta tongda ko’tarinki kayfiyatlarda ustoz-murabbiylari va talabalari tomonodan tashkil qilinib, barcha mehmonlarga ozgina bo’lsa ham sharq mamlakatlariga sayr qilish imkonyatini yaratib berdi .Festivalda fakuktetning Yapon, Kareys,Xitoy, Arab ,turk yo’nalishlari o’qituvchilari va talabalari qolaversa chet el(Yaponiya ,Xitoy, Janubiy Kareya,Jazoyir)dan tashrif buyurgan ustozlar ham faol ishtirok etdi. Ular tomonida har xil ko’rgazmalar va turlii pishiriqlar pishirib dasturxonlar yozishdiva ajoyib kansert dasturi tashkil etildi
Festival 3-qismdan tashkil etildi.
1. Har bir yo’nalishdan ajoyib ko’rgazmalari vapishiriqlarini pishirib dasturxon yozildi.
2. Har bir til o’rganilayotgan mamalakatning sport o’yinlariidan lavhalar ko’rsatildi. Festivalningishtirokchilari va mehmonlar maza qilib o’ynashdi
3. Tadbirning so’ngi qismida talabalarimiz tomonidango’zal qo’shiqlar va betakror raqslar va turlii sahnako’rinishlari orqali o’rganayotning tilmamalakatining madaniyati va san’atini barchagatarannum etishdi.
Festivaldan ko'zlangan asosiy talabalarimiz bugungikunda unversitetda sharq tillarini tahsil olayotgan barcha talalabalar nafaqat tillarni balki shudavlatning madaniyati, san'ati , tarixini ajoyib urf-odatlarini o'rganayotganini ko'rsatishdi
Umid qilamizki, bugungi tashkil etilgan Sharq tillari festivali talaba yoshlarimizdan tashqari maktab o‘quvchilarining ham sharq tillarini o‘rganish tizimining rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib boradi.
Bugungi anjimanni tashkil etishda bosh bo‘lgan qadrli maxalliy va xorijliy professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlarga o‘zimning va universitet jamoasining samimiy minnatdorchiligini bildiraman.
Kelgusida bu kabi festivallarni yanada ko‘proq tashkil etilishi O‘zbekistonda sharq tillarining keng yoyilishiga va unga bo‘lgan qiziqishning ortishiga zamin yaratadi deb hisoblaymiz!