STARTAP LOYIHA MUALLIFLARI DIQQATIGA!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining talaba-yoshlari, magistrantlari, doktorantlari, yosh olimlari hamda professor-o‘qituvchilari o‘zlarining mavjud va istiqbolli startap loyihalarini “Startupbase” yagona elektron platformasiga kiritishga taklif etiladi.
“Startupbase” — startap ekotizimining yagona elektron platformasi bo‘lib, unga startap loyihalarni kiritish uchun loyiha muallifi OneID yagona identifikatsiya tizimi yoki elektron pochta manzili orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Platforma orqali istiqbolli startap loyihalarni tizimli ravishda shakllantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish hamda amaliyotga joriy etishga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.
Startap g‘oya yoki loyihangiz bormi?
Unda loyihangizni “Startupbase” platformasiga kiriting va startap ekotizimi imkoniyatlaridan foydalaning!
Platformaga kirish: startupbase.uz
Universitetdagi startap loyiha mualliflaridan o‘z loyihalarini mazkur platformaga doimiy ravishda kiritib borishlari so‘raladi.
Platformaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish: Startupbase - rasmiy platforma
2026-08-18 04-17