“Talaba — yugur” musobaqasi boshlanish arafasida! 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, “UZINFOCOM” MCHJ, Talabalar sporti assotsiatsiyasi bilan birgalikda “Talaba-yoshlarni sogʻlom hayotga targʻib qilish, ularni doimiy sport bilan shugʻullanishi uchun “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasining bahorgi mavsumiga start berilmoqda.

Kimlar qatnasha oladi:
• talabalar;
• professor-oʻqituvchilar;
• universitet xodimlari;
• maktab oʻquvchilari;
• koʻngillilar.

Musobaqa 13-aprel kuni Toshkent shahri va viloyatida start oladi. 

G‘oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Musobaqani tashkil etish va yugurish natijalarini qayd etish jarayoni Oʻzbekiston yengil atletika Federatsiyasining “Yugur” (yugur.uz) elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube