TALABA-YOSHLAR VA UNIVERSITET JAMOASI!
G‘OYANGIZ BOR. ENDI UNI KATTA IMKONIYATGA AYLANTIRING!
“35 000 TASHABBUS” — YANGI G‘OYALAR UCHUN KATTA MAYDON!
Sizda jamiyat uchun foydali innovatsion g‘oya bormi?
O‘z startapingizni yaratish yoki rivojlantirishni istaysizmi?
Dolzarb muammolarga yangicha va amaliy yechim taklif qila olasizmi?
Unda “35 000 tashabbus” siz uchun ayni muddao!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 30-iyuldagi 315-son buyrug‘i ijrosi doirasida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “35 000 tashabbus” umummilliy yoshlar tashabbusi dasturiga start berildi.
Mazkur dastur talaba-yoshlar hamda universitet jamoasiga o‘zining intellektual salohiyati va kreativ fikrlashini namoyon etish, jamiyatdagi dolzarb muammolarga ilmiy asoslangan, amaliy va nostandart yechimlar taklif qilish imkonini beradi.
TASHABBUSLAR QAYSI YO‘NALISHLARDA?
Ekologiya
Ta’lim
Raqamli texnologiyalar
Muhandislik
Sog‘liqni saqlash
Innovatsion va ijtimoiy loyihalar
G‘OYANGIZNI AMALGA OSHIRISH VAQTI KELDI!
Ishtirok etish uchun tashabbus.yito.uz platformasida ro‘yxatdan o‘ting va loyihangizni taqdim eting.
G‘oyangizni namoyon eting!
Startapingizni rivojlantiring!
O‘zbekistonning innovatsion taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shing!
Qo‘shimcha ma’lumot va amaliy yordam uchun:
O‘zDJTU Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.
@IIITB714