“Talabalar teatr studiyalari: Rektor kubogi” ko‘rik-festivali davom etmoqda
3-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Talabalar teatr studiyalari: Rektor kubogi” ko‘rik-festivali doirasida birinchi guruh jamoalari o‘z chiqishlarini namoyish etdi.
Mazkur tanlov talaba-yoshlarning teatr san’atiga qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, shuningdek, istedodli talabalarni kashf etish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Festival “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Festival davomida talabalar turli sahna ko‘rinishlari, dramatik chiqishlar va badiiy kompozitsiyalar orqali o‘z iqtidorlarini namoyish etmoqda. Har bir chiqish milliy qadriyatlar va zamonaviy g‘oyalar uyg‘unligida, yuksak ma’naviy mazmunda tashkil etilgan.
Ko‘rik-festival yakunida hakamlar hay’ati tomonidan jamoalar ijrosi yuqori baholandi, eng faol va ijodkor ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.
Ishtirok etgan jamoalar:
Ingliz tili 2-fakulteti
Sharq filologiyasi fakulteti
Ingliz tili 3-fakulteti
Ingliz filologiyasi fakulteti

Har bir jamoa fakultet bosqichidagi g‘olib sifatida o‘z chiqishlarini namoyish qilmoqda. Festival hozirgi kunda davom etmoqda va keyingi guruh jamoalari o‘z chiqishlarini taqdim etishi kutilmoqda.