Tayinlov

Saidov Ravshan Tursunovich yangi lavozimga tayinlandi

Saidov Ravshan Tursunovich O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Ingliz tili amaliy aspektlari” kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Ingliz tili amaliy aspektlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Ravshan Saidov 1989-yil 23-fevralda Surxondaryo viloyati Denov shahrida tug‘ilgan. 2011-yilda Toshkent davlat pedagogika universitetini, 2014-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti).

Mehnat faoliyati davomida umumiy o‘rta ta’lim maktabi va akademik litseyda ingliz tili o‘qituvchisi, O‘zDJTUda o‘qituvchi hamda kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Yangi lavozimida Ravshan Saidovga muvaffaqiyat va samarali faoliyat tilaymiz!

MEHNAT FAOLIYATI

2007–2011 yy. — Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi.

2010–2012 yy. — Toshkent shahri Olmazor tumani 133-sonli maktab ingliz tili o‘qituvchisi.

2012–2014 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura talabasi.

2013–2014 yy. — O‘zDJTU qoshidagi Uchtepa akademik litseyi ingliz tili o‘qituvchisi.

2014–2017 yy. — O‘zDJTU Ingliz tili fonetika va fonologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi.

2017–2022 yy. — O‘zDJTU Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1 kafedrasi o‘qituvchisi.

2022–2023 yy. — O‘zDJTU Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi mudiri.

2023-yil – hozirgi vaqtgacha — O‘zDJTU Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi katta o‘qituvchisi.

So`nggi yangiliklar

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube