Telavi davlat universitetiga tashrif doirasida universitet infratuzilmasi, xususan Pedagogika va gumanitar fanlar fakulteti faoliyati bilan tanishib chiqildi

Fakultet dekani va o‘qituvchilari tomonidan talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek ular amaliyot o‘taydigan umumta’lim maktablari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘zDJTU vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, shuningdek O‘zbekistonda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berdilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube