“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazilgan “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi yakuniga yetib, eng faol va iqtidorli jamoalar aniqlandi.

 

 

4 ta shart bo‘yicha bahs olib borgan 9 ta fakultet jamoalari orasida quyidagi natijalar qayd etildi:
 1-o‘rin – Ingliz filologiyasi fakultetining “Zulfikor” jamoasi
 2-o‘rin – Tarjimonlik fakultetining “To‘maris nafasi” jamoasi
 3-o‘rin – Ingliz tili 2-fakultetining “Jasorat elchilari” jamoasi

Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar taqdirlandi:
 “Eng ijodkor jamoa” – Rus filologiyasi fakultetining “Qalqon” jamoasi
 “Eng hamjihat jamoa” – Ingliz tili 1-fakultetining “Turon zamin qizlari” jamoasi
 “Eng faol qatnashuvchi” – Roman-german filologiyasi fakultetining “To‘maris avlodlari” jamoasi

Musobaqa yakunida g‘olib jamoalarning har bir a’zosi quyidagicha moddiy rag‘batlantirildi:
1-o‘rin – 800 000 so‘m,
2-o‘rin – 700 000 so‘m,
3-o‘rin – 600 000 so‘m.

G‘olib jamoalarni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov tabriklab, sovrin va diplomlarni topshirdi. U o‘z so‘zida talaba-qizlarning ijtimoiy faolligi, sportga bo‘lgan qiziqishi va jamoaviy ruhini yuksak baholab, kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube