Turkiyaning Gelisim universiteti vakillari O‘zDJTUda
6-may kuni Turkiyaning Istanbul Gelisim universiteti vakillari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif doirasida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Gelisim universiteti tomonidan Vasiylik kengashi raisining maslahatchisi, xalqaro hamkorlik bo‘yicha mas’ul Bulent Deyirmanchi, siyosatshunoslik va Davlat boshqaruvi professori Prof. Shenol Durgun hamda universitet koordinatori, tarjimon Hasan Umarov ishtirok etdi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan esa rektor Ilxomjon Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yo‘ldoshev, ikkinchi chet tillar kafedrasi mudiri A. Yo‘ldoshev hamda turk tili o‘qituvchisi va tarjimon Z. Komilova qatnashdi.
Uchrashuv davomida quyidagi asosiy masalalar muhokama qilindi:
- Talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvi, ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- Chet tillari o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
- Turk tili o‘qituvchilarini O‘zDJTUga jalb qilish;
- Erasmus+ dasturi va boshqa xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Tomonlarni qiziqtirgan boshqa hamkorlik yo‘nalishlari.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi va hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Tashrif doirasida mehmonlar universitet infratuzilmasi bilan tanishdi.