22-aprel kuni A.D.Kulmatova va 2214_gruh talabalari ishtirokida Òzbekiston davlat jahon tillari unversiteti Ingliz tili3-fakulteti,Ingliz tili amaliy 3 kafedrasi òqituvchisi tomonidan "Uchinchi Renessans poydevori" mavzusida ma'naviy-marifiy suhbat òtkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi uchinchi renessansning ilmiy, texnologik va madaniy poydevorini tushunish, shu bilan birga, uning jamiyatga ta'siri, imkoniyatlari va istiqbollari haqida talabalar bilan birgalikda fikr almashishdan iborat bo'ldi.
Tadbirda talabalar uchun qisqacha ma'ruzalar va prezentatsiyalar tayyorlandi. Har bir prezentatsiya haqida qisqacha tahlil qilib, keyinchalik muhokama o‘tkazildi.
Uchinchi Renessansning poydevori nafaqat ilm-fan va texnologiya, balki madaniyat va ijtimoiy hayotga ham katta ta'sir ko‘rsatmoqda. Tadbir davomida talabalar tomonidan keltirilgan fikrlar, tahlillar va izohlar bu davrning o‘ziga xoso xususiyatlarini va jadal o‘zgarishlarning ijtimoiy va texnologik tomonlarini yanada chuqurroq anglash imkonini berdi.