AQSHdagi Vebster universitetining xorijiy mamlakatlardagi kampuslari bosh direktori Rayan Gaffi, Toshkentdagi Vebster universiteti ijrochi rektori Rasul Raxmonov, universitet masʼul xodimi Ulugʻbek Shukurullayevlardan iborat universitet vakillari OʻzDJTUga tashrif buyurdi.

mehmonlar bilan boʻlgan uchrashuvda OʻzDJTU rektor  I.Tuxtasinov Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A. Nosirov Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X. Yuldashev  Qoʻshma taʼlim dasturlari boʻlimi boshligʻi N. Abdullayevalar ishtirok etdi. 

Uchrashuv davomida rektor I. Toʻxtasinov tomonidan OʻzDJTU faoliyati, amalga oshirilgan haqida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek uchrashuvda  Vebster universiteti bilan yangi shartnoma tuzish, OʻzDJTU tomonidan 2 haftalik intensiv rus tili kurslari tashkil qilinish, OʻzDJTUda Ingliz tilini xorijiy til sifatida oʻqitish (TEFL) magistratura dasturini davom ettirish masalalari, boshqa sohalarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

2023-10-27 09-06

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi