18-aprel “Xalqaro madaniy meros” kuni munosabati bilan 2024-yil 18-aprel kuni Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Tuxtasinov boshchiligida marketing va talabalar amaliyoti rahbari Baxodir Odilov Tarjimonlik fakulteti dekani Ulugʻbek Yoʻldoshev va Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi mudiri Muxtorjon Baxtiyarov hamda bir guruh talabalar Koʻkaldosh madrasasiga taklif etildilar. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Tursunali Kuziyev, Madaniy meros agentligi Muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Dilobarxon Mirxusanova, Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi boshligʻi Sapayev Shahruh Satimbekovich, Abdulla Qahhor uy-muzeyi direktori Sanobar Matlubova, Yunus Rajabiy uy-muzeyi ilmiiy xodimi Aziz Rajabiy, Abdulla Qodiriy uy-muzeyi direktori Xondamir Qodiriy kabi masʼullar ishtirok etishdi. Tadbir davomida universitet Tarjimonlik fakulteti 2, 3, 4 kurs talabalari tomonidan Koʻkaldosh madrasasi haqida olti tilda berilgan maʼlumotlar tadbir ishtirokchilarida juda yaxshi taassurot qoldirdi. Madaniy meros agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Kuziyev Tursunali Karimdjanovich soʻzga chiqib, madaniy merosimizni dunyo arenasiga olib chiqishda bu kabi tadbirlarning juda muhimligi, ayniqsa, tashrif buyuruvchilarga va mehmonlarga milliy madaniyatimiz namunalari sanaladigan adabiy-tarixiy muzeylarning mazmuni, maqsadini toʻgʻri va aniq yetkazib berishda universitet talabalarining xizmati juda muhim ekanligini alohida taʼkidladi va soʻzining yakunida Madaniy meros agentliklari va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻrtasida memorandum imzolandi.
Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube