Xalqaro Ta’lim Administratorlari Assotsiatsiyasi xalqaro konferensiyasi doirasida Vashington shahrida universitet rektori Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov hamda prorektori Otabek Yakubovich Yusupov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi anjuman yig‘ilishlarida faol ishtirok etdi.

Shuningdek, delegatsiya xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallab kelayotgan Johns Hopkins University hamda NAFSA: Association of International Educators bosh ofisiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida universitet va tashkilotlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar tomonidan taqdim etilgan turli mavzulardagi ma’ruzalar tinglandi.
Uchrashuvlar chog‘ida istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
