Xitoy Milliy madaniyat markazi vakillari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi
16-may kuni Xitoy Milliy madaniyat markazi raisi Yan Yaoyun boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi. Shundan so‘ng mehmonlar bilan universitet rektorati binosida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda universitetdan rektor I. Tuxtasinov, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor V. Sadiyev, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Chutpulatov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor M. Xamraev, talabalar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini taʼminlash bo‘yicha rektor maslahatchisi O. Zaripov, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Jo‘rayev hamda Rus filologiyasi fakulteti dekani A. Rahmonov ishtirok etdi.
Unda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, xususan, Xitoy fuqarolarini O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishga jalb qilish, ularni o‘qitish uchun rus va o‘zbek tili kurslarini tashkil etish, shuningdek, masofaviy ta’lim, tayyorlov kurslari va yotoqxona masalalari muhokama qilindi.