OʻzDJTUning rektori professor Ilxomjon Tuxtasinov universitetda faoliyat olib borayotgan Iroq, Misr Arab Respublikasi va Dogʻistondan kelib, arab tilidan dars berayotgan professor oʻqituvchilar bilan muloqot olib bordi. Ularga nafaqat  arab tilini oʻqitish, shu bilan birga ilmiy tadqiqotlar olib borish tavsiyasini ham berdi. 

Ularga darslik va oʻquv qoʻllanmalari yaratishda koʻrsatayotgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Hamda ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga va har qanday masalada yordam tayyorligini taʼkidlab oʻtdi. Xorijlik mutaxassislar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olib, taʼlim sifatini oshirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdilar.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube