Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: navbatdagi muhim vazifalar belgilandi
Bugun, 4-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2026–2027-o‘quv yilini tartibli va samarali tashkil etish, ta’lim jarayonini sifatli yo‘lga qo‘yish hamda talabalar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda yangi o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash hamda fakultet va bo‘limlar oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Jumladan, 2-, 3- va 4-kurs talabalarining yangi o‘quv yilini samarali boshlashi, o‘quv mashg‘ulotlarini belgilangan tartibda tashkil etish, talabalar davomatini nazorat qilish, ta’lim sifati va ichki tartib-qoidalarga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar, o‘quv jarayoni, ilmiy va innovatsion faoliyat, xalqaro hamkorlik, moliya-iqtisod ishlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens-nazorat” yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida fakultet va bo‘limlar kesimida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, talabalar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda yangi o‘quv yilini uyushqoqlik bilan olib borish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.