Yetakchi tashkilot dissertatsiya ishi muhokamasi

Yetakchi tashkilot dissertatsiya ishi muhokamasi 2026-yil 2 -noyabr, soat 15:00 da

O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti binosining 7-qavatida oflayn va ZOOM onlayn platforma orqali bo‘lib o‘tadi

Kun tartibi

Erkinov Ilxomjon Elmurodjon o‘g‘lining 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Jamiyat barqaror taraqqiyotini ta’minlashda fuqarolar siyosiy ishtirokini takomillashtirish mexanizmlari” mavzusidagi siyosiy fanlar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining kengaytirilgan kafedra muhokamasi.

Ilmiy rahbar:

Mirzaaxmedov Kamoliddin Mansurjonovich, Siyosiy fanlar doktori, professor

Taqrizchilar:

Zamonov Zokir Turg‘unovich – Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) v.b. professor

Karimov Bobur Sharopovich – Sotsiologiya fanlari doktori, (DSc) professor

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube