Yetakchi tashkilot dissertatsiya ishining muhokamasi bo‘lib o‘tdi
16-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun Matkarimov Saparboy Rajabovichning
“Аlisher Navoiy g‘azallarining fransuzcha tarjimalari qiyosiy tahlili va badiiy muqobillik (Jan Pier Balp tarjimasi asosida)” mavzusidagi dissertatsiyasi kengaytirilgan kafedra muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Muhokamada rasmiy oponentlar ishtirok etdi. Ular dissertatsiyaning ilmiy yangiligi, metodologiyasi hamda amaliy ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.