Yosh iste’dodlar va xalqaro olimpiada g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining iqtidorli talabalari va ularning ilmiy rahbarlari erishgan yutuqlari munosabati bilan universitet Kengashi yig‘ilishi doirasida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Yosh kitobxon” tanlovi Respublika bosqichi g‘olibi:
 Ingliz filologiyasi fakulteti 2309-guruh talabasi Xaldurdiyeva Og‘uljeren Abajan qizi – “Yosh kitobxon” tanlovining Respublika bosqichida g‘olib deb topilib, Prezident sovg‘asi – BYD Chazor elektromobili sohibasi bo‘lganligi munosabati bilan noutbuk bilan taqdirlandi.

Xalqaro olimpiada g‘oliblari:

Turkmanistonning Davletmammed Azadi nomidagi Turkman milliy jahon tillari instituti tomonidan tashkil etilgan ingliz tili bo‘yicha xalqaro olimpiadada O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari quyidagi natijalarni qo‘lga kiritdi:

1-o‘rin: O‘razaliyeva Kumushxon – Ingliz tili 2-fakulteti, 2202-guruh talabasi
2-o‘rin: Tohirova Mukhlisa – Ingliz tili 2-fakulteti, 2202-guruh talabasi
 3-o‘rin: Erkinxonova Azizaxon – Ingliz tili 2-fakulteti, 2208-guruh talabasi
 3-o‘rin: Ramazonova Dinora – Ingliz tili 2-fakulteti, 2208-guruh talabasi

G‘oliblarning ilmiy rahbarlari – talabalarning yutuqlarida muhim o‘rin tutgan ustozlar ham alohida e’tirof etildi:
 Abduvahobova Mahina
 Husanova Shohsanam
 Shakirova Madina

Ushbu ustozlar xalqaro musobaqada g‘oliblar tayyorlaganligi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube