Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi
Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi 2025 yil 1 fevral tashkil topgan. Bo‘lim O‘zbekiston davlat jaxon tillari universitetidagi yangi tashkiliy tuzilmaga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi – tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish, yoshlar bilan ishlash va ta’lim jarayonlarini samaradorligini oshirish bilan iborat.
Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi universitetdagi ta’lim tizimini to‘liq rivojlantirish va yoshlarga keng ko‘lamda yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan. Bo‘limning asosiy vazifasi tyutorlar bilan hamkorlikni oshirish, ularning ish faoliyatini muvofiqlashtirish va yoshlarning ta’lim olish jarayonidagi muammolarini hal qilishga qaratilgan.
Ushbu bo‘limda 1 shtat birligida “Bo‘lim boshlig‘i” va 105 shtat birligida “Tyutor” lavozimlari mavjud.
Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi, universitetdagi boshqa bo‘limlar bilan hamkorlikda ish olib boradi va yoshlarning ijtimoiy, ma’naviy va akademik o‘sishini ta’minlash uchun zaruriy o‘quv materiallari, dasturlar va treninglarni taklif etadi.