Ingliz tili 3fakulteti “Ikkinchi chet tili” kafedrasi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 2021 yil “29” avgustdagi qaroriga muvofiq tashkil qilingan.
2023–2024 o‘quv yilidan boshlab filologiya fanlari nomzodi, dotsent Yuldashev Azim Abdurahmanovich kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedra tomonidan o‘qitiladigan tillar quydagilar: polyak tili, fin tili, urdu tili, golland tili, fors tili, turk tili, hind tili, malay tili, grek tili, indonez tili, ingliz tili. Bu kabi fanlarni o‘qitishdan maqsad: ixtisosligi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga mazkur fanlar borasida umumiy amaliy tushunchalar berish, tillarni o‘rganishga qobiliyati bor yoshlarda dastlabki fundamental tushunchalarni hosil qilish va rivojlantirish hisoblanadi. Chet tili sohasida to‘plangan amaliy bilimlarni kundalik hayot davomida qo‘llay bilish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish kafedra professor-o‘qituvchilarining muhim vazifasidir.
Kafedra qoshida professor-o‘qituvchilar tomonidan “Reading Club”, “Speaking club” va “English For Beginners" to‘garaklari tashkil etilgan va bugungi kunda faoliyat olib bormoqda. Ushbu to‘garaklarda amaliy ingliz tili haqida qo‘shimcha ma’lumotlar talabalarga o‘rgatib kelinmoqda.
Kafedra tarkibi: kafedrada 16 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Shundan 13 kishi asosiy shtatda, 3 tashqi o’rindosh sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Kafedradaning ustuvor yo‘nalishlari
Barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tiladigan fanlarning o‘quv-uslubiy ta’minotini yaratish va ularni zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida talabalarga yetkazish;
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar doirasida xorijda nashr qilingan adabiyotlarning doimiy monitoringini olib borish;
Ta’limning yangi innovatsion texnologiyalarini joriy etishga, talabalar va o‘qituvchilarni ilmiy tadqiqot o‘tkazishga jalb etish.
Kafedraning ilmiy va uslubiy faoliyati
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan xalqaro miqyosidagi SCOPUS, WEB OF SCIENCE, IMPACT FACTOR jurnallarida 5 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirishgan. Xalqaro va Respublika OAK tomonidan tan olingan jurnallarda 50 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettilgan hamda kafedra professor-o’qituvchilari konferensiya va anjumanlarida o’z maqolalari bilan ishtirok etishyapti.
Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan 4 ta darslik, 5 ta o’quv qo’llanma, 10 ta o’quv uslubiy qo’llanma va 3 ta lug’atlar tayyorlangan va nashr ettilgan.
Kafedra professor-o’qituvchilari o’z bilim va malakalarini oshirish maqsadida 8 ta APTIS, 5 ta CEFR chet tilini bilish (C1), 5 ta TESOL sertifikatlarini qo’lga kiritishdi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari:
№ |
F.I.SH. |
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni |
Lavozimi |
|
Asosiy shtat |
||
1 |
Yuldashev Azim Abdurahmanovich |
f.f.f.n. dotsent |
kafedra mudiri |
2 |
Musayeva Surayyo Xusanovna |
|
katta o'qituvchi |
3 |
Axmedjanova Dilafruz Batirovna |
|
katta o'qituvchi |
4 |
Avazova Feruza Bahodirovna |
|
katta o'qituvchi |
5 |
Muxtarova Munisa Muxutdinovna |
|
Stajyor-o'qituvchi |
6 |
Oripovna Xusnida Yusubovna |
|
O’qituvchi |
7 |
Abdialimova Zarina Fahriddin qizi |
|
Stajyor O’qituvchi |
8 |
Abduraximova Nigora Azizovna |
|
O’qituvchi |
9 |
Boltaboyeva Hulkar Xamidullo qizi |
f.f.f.n dotsent v.b |
O’qituvchi |
10 |
Dsizamalek Tomesz |
|
Stajyor o’qituvchi |
11 |
Yormatova Aziza Vohiddillayevna |
|
Stajyor o’qituvchi |
12 |
Raxmonkulova Xabiba Sodikovna |
|
O’qituvchi |
13 |
Chorshanbieva Gulbahor Abdullayevna |
|
O’qituvchi |
Tashqi oʻrindoshlar |
|||
14 |
Dilliyev Hurshid Xushvaqt o’g’li |
|
Stajyor-o'qituvchi |
15 |
G’aniyev Xamidxon Farxod o’g’li |
|
Stajyor o’qituvchi |
16 |
Johanna Amanda Kiristina |
|
Stajyor o’qituvchi |