Ingliz tili nazariy aspektlari 1 kafedrasi

Kafedra mudiri: Yuldashev Akmal Gulamjanovich

Kafedra tarixi: Ingliz tili nazariy aspektlari I kafedrasi Ingliz tili birinchi fakulteti tasarrufiga kiradi. 2017 yilgacha Ingliz tili grammatikasi va tarixi kafedrasi nomi bilan ish yuritgan.

Kafedraning ustuvor yo'nalishi: Ingliz tili aspektlarini nazariy tadqiq etish.

2024-2025 o’quv yilida kafedra tarkibida 22 nafar professor-o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ulardan 5 nafari ilmiy daraja va unvonlarga ega. 2 nafar filologiya fanlari doktori va 3 ta fan nomzodi.

Kafedraning ilmiy salohiyati: 23 %

Kafedrada 15 nafar professor-o’qituvchi mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy dissertatsiya ustida ishlamoqda.

Kafedra a’zolari S.Xamzayev, M.Umarova, Q.Djabbarova, X.Axmadaliyeva, N.Tuxtayeva, D.Jabborova, H.O’rinboyevalar tomonidan ingliz tilining  turli aspektlari boyicha darslik va o’quv qo’llanmalari chop ettirilgan.

Kafedra a’zolaridan Viktoriya Raxmonova, Dilfuza Boltayeva Madinabonu Xamidovalar hamkorligida ACCESS loyihasi amalga oshirilmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilaridan A.Yuldashev, M.Umarova S.Xamzayevlar SCOPUS bazasidagi ilmiy jurnallarda maqola chop etganlar.

Kafedra a’zolaridan O’rinboyeva, Tursunov, Tuxtayevalar tarjima ishlarida faol ishtirok etib universitetni tijoratlashtirish ishlariga o’z xissalarini qo’shmoqdalar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube