Pedagogika va psixologiya kafedrasi
Kafedra mudiri: Djurayev Dusmurod Uralovich (pedagogika fanlari doktori, professor)
Qabul vaqtlari: Dushanba-juma kunlari: 14:00-16:00
Tel.: +99894 1720080
E-mail: d.djuraev@uzswlu.uz, jurayevd@mail.ru
Kafedra joylashgan bino: rektorat binosi, 3-qavat, 311-xona (kafedra)
Kafedra tarkibi: Kafedrada faoliyat olib borayotgan asosiy shtatdagi 23 nafar professor-oʻqituvchilarning 5 nafari fan doktori bo`lib ulardan 2 nafari professor, 3 nafari professor v.b., 10 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 3 nafar katta oʻqituvchi, 2 nafar oʻqituvchi va 3 nafar stajyor-o`qituvchilardan iborat. Kafedraning ilmiy salohiyati 66%ni tashkil etadi.
Kafedrada faoliyat olib borgan va borayotgan professor-oʻqituvchilar nafaqat universitet miqyosida, balki mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida oʻz oʻrniga egadir. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi parlamenti yuqori va quyi palatalari sobiq deputatlari (O.Musurmanova, H.Ibragimov, O.Jamoldinova), Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimlari (O.Musurmanova, T.Norbaeva), hokimlik vakillik organlari mas’ul xodimlari (F.Abdurahimova, A.Jumaev), vazirlar (Gʻ.B.Shoumarov), OTM rektorlari (H.Ibragimov, Gʻ.B.Shoumarov, R.Qodirov) prorektorlar (S.H.Fayzulina, N.Ortiqov, D.Djurayev, O.Jamoldinova, N.Mamadov), Respublika vazirlik va idoralari mas’ul rahbar-xodimlari (T.Norbaeva, O.Musurmanova, I.Haydarov, O.Jamoldinova, F.Babashev), kafedra mudirlari hamda bo`lim boshliqlari (S.Yo`ldosheva, M.Jumaniyozova, A.Shamshetova, Sh.Halilova, B.Umarov, D.Roʻziyeva, M.Abdujabbarova, S.Atahanova, I.Haydarov va b. q.) lavozimlaridagi faoliyatlari orqali mamlakatimizni jahon miqyosidagi mavqeini oshirishda oʻz ulushlarini qoʻshib keldilar va kelmoqdalar.
Ilmiy faoliyat
Kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan Ustoz-shogird tizimida yosh olimlar bilan ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan: "O‘zbekiston pedagogikasi tarixida ta’limni insonparvarlashtirish g‘oyalarining rivojlanishi (XIX asr oxiri – XX asr boshlari)"; "Talabalarda kasbiy pedagogik muloqot madaniyatini rivojlantirish"; "Professor-o‘qituvchilar kasbiy kamolotining psixologik xususiyatlari".
Kafedrada quyidagi ilmiy loyhalar bajarilgan:
Davlat ilmiy-texnik dasturlar doirasida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan IL 21091378 raqamli, “Oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarni kasbiy saralashning psixologik diagnostikasi tizimini shakllantirish” mavzusidagi innovatsion loyiha;
Davlat ilmiy-texnika dasturlar doirasida 2021-2022 yillarda bajarilgan АL-412104512 raqamli “O`zbekistonning geografik ob`ektlari uchun ko`p tildagi electron lug`at yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha;
Belarus davlat universiteti olimlari bilan hamkorlikda Innovasion rivojlanish agentligining 88-tur, O`zbekiston – Belarus qo`shma loyihalar tanlovida ishtirok etish uchun "Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida o`zbek va belarus talaba-yoshlarining qadriyat yo'nalishlari va motivatsiyasi: kross-madaniy psixologik tadqiqot” (Ценностные ориентации и мотивация узбекской и белорусской студенческой молодежи на современном этапе развития общества: кросс-культурное психологическое исследование)” mavzusidagi fundamental loyiha tayyorlanmoqda. Bugunda loyiha muammosi ustida izlanishlar olib borilmoqda.
2024 yil 6 yanvar kuni kafedra dotsenti, p.f.n. M.T.Jumaniyozova pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini tasdiqlovchi diplomni, may oyida kafedra katta o`qituvchisi Miliyeva Muattar Abdug`afforovna psixologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) diplomini oldilar.
Ta'lim faoliyati
Pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan Universitet barcha ta'lim yo'nalishlarining o`zbek va rus guruh talabalariga quyidagi fanlar bo'yicha o'quv faoliyati olib boriladi:
Umumiy psixologiya (1-kurslar uchun);
Umumiy psixologiya (2-kurslar uchun);
Umumiy pedagogika (3-kurslar uchun);
Uzluksiz ta`lim pedagogikasi (2, 3-kurslar uchun);
Bolalar psixologiyasi (3-kurslar uchun);
Bolalar pedagogikasi (3-kurslar uchun);
Psixologiya (2-kurslar uchun).
Ma’naviy faoliyat
Kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan doyimiy ravishda universitetning talabalar turar joylarida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!”, “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”, “Kasbim fahrim”, “Yoshlarning maʼnaviy-axloqiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi – huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yoʻllari”, “Internet maydonidagi maʼnaviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning usullari” kabi mavzularda yoshlarda sogʻlom dunyoqarashni shakllantirish, ularda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar o`tkazilmoqda.
Kafedraning hamkor tashkilotlari:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
2. Oʻzbekiston davlat jahon tillar universiteti qoshidagi akademik litsey.
3. Toshkent hodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji.
4. Chilonzor tumani 178-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi.
5. OʻzMU qoshidagi Sirojiddinov nomli akademik litsey.
6. Toshkent davlat transport universiteti.
7. Buxoro davlat universiteti.
8. Samarqand davlat universiteti.
9. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi.
10. Yunusobod tumani 58-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabi.
11. Chilonzor tumani 202-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabi.
12. Uchtepa tumani 81-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabi.
13. Toshkent viloyati pedagog kadrlarini yangi metodikalarga o`rgatish milliy markazi.
Kafedraning xalqaro hamkorlari:
1. Yujniy federal universiteti (Rossiya).
2. M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent filiali.
3. L.N.Gumilyov nomidagi Evroosiyo milliy universiteti (Qozog`iston).
Kafedra professor-о‘qituvchilari:
F.I.Sh. |
Ilmiy daraja va lavozimi |
|
Asosiy shtatdagilar |
||
1 |
Djurayev Dusmurod Uralovich |
kafedra mudiri, p.f.d., professor |
2 |
Isakulova Nilufar Janikulovna |
p.f.d., professor |
3 |
Murtozayeva Mahfuza Murtozayevna |
p.f.d., professor v.b. |
4 |
Shamshetova Anjim Karamaddinovna |
ps.f.d., professor v.b. |
5 |
Jumaniyozova Muhayyo Tojiyevna |
p.f.d. professor v.b. |
6 |
Yo`ldosheva Saodat Manofovna |
p.f.n., dotsent |
7 |
Aripova Matluba Lutfullayevna |
p.f.n., dotsent |
8 |
Sharipova Surayyo Burxanovna |
p.f.n., dotsent |
9 |
Jumayev Axmamat Shermamatovich |
p.f.n., dotsent |
10 |
Isamova Pakiza Shamsiyevna |
p.f.n., dotsent |
11 |
Davronova Dildora Saidovna |
PhD., dotsent |
12 |
Po`latov Javdat Abdujabbarovich |
PhD., dotsent |
13 |
Urishov Shakir Mamataliyevich |
p.f.n., dotsent |
14 |
Nurmatov Abdumannop Abduvahobovich |
PhD., dotsent |
15 |
Miliyeva Muattar Abdug`afforovna |
PhD., katta o`qituvchi |
16 |
Bozorov Abdusodiq Abduraimovich |
katta o`qituvchi |
17 |
Polvonova Dilrabo Tog`aymurodovna |
katta o`qituvchi |
18 |
Mo`minxo`jayeva Zuxra Alimjanovna |
o`qituvchi |
19 |
Risova Galya Baybulatovna |
o`qituvchi |
20 |
Mirzaaxmedov Sherzod Maxsudovich |
o`qituvchi |
21 |
Gulamov Jasur Bahodirovich |
stajyor-o`qituvchi |
22 |
Karimova Nilufar Xudayberdiyevna |
stajyor-o`qituvchi |
23 |
Xolboyev Asqarali Mirxoldorovich |
stajyor-o`qituvchi |
JAMI |
23 nafar |
|
Ichki o`rindoshlar |
||
Sadiyev Valijon Alijonovich |
PhD., dotsent v.b. |
|
Mamadov Norpo`lat Suyarovich |
p.f.n., dotsent |
|
Ataxanova Sayyora Utkurovna |
PhD., dotsent v.b. |
|
Achilova Vazira Rustamovna |
PhD., dotsent v.b. |
|
Tashqi o`rindoshlar |
||
Medetova Raushan Mamadiyarovna |
p.f.d., professor v.b. |
|
2. |
Kurbanova Guzal Mamatkarimovna |
p.f.n., dotsent |
3. |
Xusanov Baxtiyor Kaxramon o`g`li |
PhD., dotsent v.b. |
4. |
Moyanov Ixlasbay |
PhD., dotsent |
5. |
Abduraximova Farida |
p.f.n., dotsent |