Tabiiy fanlar kafedrasi
Kafedra mudiri: Xushvaktova Xusnobod Soliyevna, DSc, dosent.
Kafedra tarixi
Tabiiy fanlar kafedrasi 2003 yil 16 sentyabrda (1-bayonnoma) universitet rektori buyrug‘iga asosan II-ingliz filologiyasi fakultetida tashkil qilindi.
Kafedra tarkibi:
1. Xushvaktova X.S., DSс., dosent
2. Yormatova D., q.x.f.d., professor
3. Mudarisova R.X., t.f.n., dosent
4. Valiyeva Z.O., katta o‘qituvchi
5. Saidova Sh.A., katta o‘qituvchi
6. Tursunova N.A., katta o‘qituvchi
7. Bakirova Sh.Z ., o‘qituvchi
8. Safarov A.А., o’qituvchi
9. Muhammadiyev J., stajyor-o’qituvchi
Kafedra ilmiy yo‘nalishi: Kafedrada “O‘zbekiston tuproqlarining bioekologiyasi va o‘simliklarni yetishtirish agrotexnikasini ilmiy asosda o‘rganish”, “Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati” hamda “Irsiyat va irsiy kasalliklarni o‘rganishda Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining o‘rni” mavzularida ilmiy ishlar olib borilmoqda.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
1. Hayot faoliyati xavfsizligi
2. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish
3. Yosh fiziologiyasi va gigiyena
Kafedra bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha DTSlar, o‘quv rejalari va fanlar bo‘yicha namunaviy dasturlar bilan ta’minlangan. Universitet Axborot-resurs markazida kafedrada o‘tiladigan barcha fanlar bo‘yicha tipografik shakldagi va elektron adabiyotlar yetarli va to‘liq ta’minlangan.
Kafedrada ilmiy-uslubiy ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 2022-2023 o‘quv yili uchun tuzilgan ilmiy-uslubiy ishlar rejasi mavjud. Kafedra o‘qituvchilari ta’limni tashkil qilishning zamonaviy interfaol metodlarni, yangi materialni o‘rganish va mustahkamlashda ko‘rgazmali qurollar, video va audio materiallardan foydalanishadi hamda mustaqil dars soatlarini juda qiziqarli olib borishadi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan muntazam ravishda darsliklar, monografiya, o‘quv va o‘quv uslubiy qo‘llanmalar, Xalqaro va OAK e’tirof etgan jurnallarda ilmiy maqolalar, xalqaro ilmiy anjumanlarda va Respublika anjumanlarida tezislar chop etiladi. Oziq ovqat xavfsizligi masalalari, ekinlardan yuqori hosil olish va tuproq unumdorligi bo‘yicha Hukumat topshiriqlarini bajarishadi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida, Tabiiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan iborat bo‘lgan “Ekologiya” ilmiy tadqiqot instituti tashkil etildi. “Ekologiya” ITI maqsad va vazifalari doirasida monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanma, ilmiy-metodik maqolalar yozish va nashr ettirish, ekologiya ixtisoligi bo‘yicha doktorantura ochish, ilmiy darajaga ega bo‘lalgan kadrlar tayyorlash, ekologiya, biologiya bo‘yicha yozilgan dissertasiyalarga ekspert xulosalarini berish, muhokamadan o‘tkazish va Global oziq ovqat muammolarini yechimi bo‘lgan yo‘nalishlarda loyihalar yozishadi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari O‘zMU va TDTU huzuridagi mintaqaviy malaka oshirish markazlarida belgilangan reja asosida o‘z malakalarini oshirib kelmoqdalar.
Kafedra a’zolari universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlarida ham faol ishtirok etishadi, “Yashil makon” tashabbusiga qo‘shib universitetda zaytun maydonchasi tashkil qilindi. Ular talabalarni Vatanga, ota-onaga, ustozlarga, ilm-fanga muhabbat ruhida, o‘z kelajagi, salomatligi va xavfsizligiga ma’suliyatli, yuksak ma’naviyatli shaxs etib tarbiyalash bilan bog‘liq masalalarni o‘zida ifodalagan holda olib bormoqdalar.
Tarjimonlik fakulteti
Tabiiy fanlar kafedrasi professor o`qituvchilari
O`qituvchining ism-familiyasi |
Ilmiy daraja va lavozimi |
Email pochtasi |
Telefon raqami |
Xushvaktova Xusnobod Soliyevna |
Kafedra mudiri (DSc) |
khusnabad.khushvaktova@mail.ru |
97 730 30 50 |
Yormatova Dilorom Yormatovna |
Professor |
soya-oliva@mail.ru |
93 182 18 15 |
Mudarisova Rayxon Xodjayevna |
Dotsent |
xodjayevna@mail.ru |
99 469 02 74 |
Valiyeva Zaynab Omonbayevna |
Katta o`qituvchi |
valiyevazaynabxon@gmail.com |
94 606 84 01 |
Saidova Shoista Abduvakilovna |
Katta o`qituvchi |
s.shoista1964@gmail.com |
93 386 22 12 |
Tursunova Nigora Anvarovna |
Katta o`qituvchi |
nigoratursunova75@gmail.com |
93 518 20 08 |
Bakirova Shaxnoza Zokirjon qizi |
O`qituvchi stajyor |
shahnozabositxonova@gmail.com |
97 609 26 92 |
NSafarov Jasur |
qituvchi |
|
99 792 75 70 |
|
qituvchi |
|
94 645 49 50 |
Narziyev Shovqiddin Murtazayevich |
Kafedra dotsenti (PhD) |
omad.uz.86@mail.ru |
97 423 05 86 |
Umarov Baxtiyor Raxmatovich |
Kafedra dotsenti (PhD) |
b.umarov@mail.ru |
93 391 78 60 |
Atabayev Qahramon Albert o`g`li |
O`qituvchi stajyor |
kaxramon93@yandex.ru |
97 445 69 56 |
Qayumov Abdulatif Abdumalikovich |
Kafedra dotsenti (PhD) |
uzmumonitoring@mail.ru |
90 990 27 31 |