ÖZDJTU VA QOSIM TYNSTANOV NOMIDAGI ISSIQKÖL DAVLAT UNIVERSITETI ÖRTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi doirasida Özbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Qirğizistonning Qosim Tynstanov nomidagi Issiqköl davlat universiteti örtasida özaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur kelişuv ikki universitet örtasida taʼlim va ilmiy faoliyat yönalişlaridagi aloqalarni rivojlantiriş, pedagogik tajriba almaşiş hamda talabalar akademik mobilligini yölga qöyiş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi. Uçraşuv davomida tomonlar özaro manfaatli hamkorlik yönalişlari, taʼlim jarayoniga ilğor tajribalarni tatbiq etiş va talabalar uçun xalqaro akademik imkoniyatlarni kengaytiriş masalalarini muhokama qildilar.
Uşbu hamkorlik Özbekiston va Qirğiziston oliy taʼlim muassasalari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş, tajriba almaşiş va sifatli taʼlimni rivojlantirişga qaratilgan muhim qadamlardan biridir.
2026-10-28 10-51