HURMATLI TALABALAR!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash jarayoni yakunlandi.
Maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgan talabgorlarning hujjatlari va ta’lim grantlarini oluvchi talabalar ro‘yxati universitetning tegishli tartibda vakolatli organlari tomonidan ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi.
Yakuniy natijalar bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin:
Bakalavr bosqichi uchun natijalar
Magistratura bosqichi uchun natijalar
Ta’lim grantiga sazovor bo‘lgan barcha talabalarimizni samimiy muborakbod etamiz!
Ushbu yutuq — sizning bilimingiz, izlanishingiz, intilishingiz va mashaqqatli mehnatingizning munosib natijasidir.
Kelgusidagi ta’lim va ilmiy faoliyatingizda ulkan zafarlar, yangi marralar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!