Xalqaro akademik hamkorlik

Xalqaro akademik hamkorlik

2026-yil 23-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti  Roman-german filologiyasi fakulteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan “XXI asr ispan tilida til me’yori va kommunikativ amaliyot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Mazkur seminar Ispaniyaning Kadis universiteti (Universidad de Cádiz) professori Francisco Javier de Cos Ruiz tomonidan o'tkazildi.
Seminar davomida ispan tilshunosligining dolzarb masalalari, zamonaviy til taraqqiyoti hamda kommunikativ yondashuvlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tadbir doirasida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
XXI asr ispan tilining rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari;
til me’yorlari hamda ularning zamonaviy kommunikativ amaliyotdagi o‘rni;
globallashuv va raqamli texnologiyalarning ispan tili rivojiga ta’siri;
ispan tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning innovatsion metodlari va xalqaro tajriba;

 Seminarda universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar faol ishtirok etib, ma’ruzachi bilan ilmiy muloqot olib bordilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Mazkur seminar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Kadis universiteti o‘rtasidagi xalqaro akademik hamkorlikni yanada mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ilmiy tajriba almashish hamda kelgusidagi qo‘shma ilmiy-ta’lim loyihalarini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Tadbir yakunida professor Francisco Javier de Cos Ruizga O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti nomidan sertifikat topshirildi va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube