18-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida muhim bir uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 269-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida universitet rektori I.M. Tuxtasinov, universitet rahbariyati vakillari, “TRAVEL TOGETHER” turistik agentligi rahbari va Xitoy turizm agentligining mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.


Yig‘ilishda ta’lim va turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashuvi, gid-tarjimonlarni o‘qitish, shuningdek, qo‘shma dastur va loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘tarildi.

Ushbu uchrashuvning yakuni sifatida tomonlar ikki tomonlama memorandum imzolashga kelishib oldilar. Bu, albatta, ta’lim va turizm sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, yangi imkoniyatlarni yaratish va ikkala mamlakat o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim bir qadam bo‘ldi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube