20-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Germaniyaning DAAD tashkiloti vakillari va bir qator nufuzli universitetlar professorlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda DAAD mas’ul xodimlari Elena Shmidt, Vera Rogova va Jamshid Karimov, DAAD lektori, O‘zDJTUda volontyor-o‘qituvchi Yohanna Mayer qatnashdi. Shuningdek, Myunxen Lyudvig Maksimillian universiteti professori Mark Hengerer, Fulda universiteti professori Joanna Uzga, Jade universiteti professori Mattias Berger va Berlin Texnika universiteti professori Natali Milaxin universitetga tashrif buyurdi.

 

Tadbirni O‘zDJTU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Nasirov ochib berdi va mehmonlarga universitet faoliyati, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari hamda nemis tili ta’limi haqida ma’lumot taqdim etdi. Shuningdek, DAAD vakili Elena Shmidt tashkilot faoliyati va loyihalari haqida taqdimot o‘tkazdi. Germaniya oliy ta’lim muassasalari vakillari esa o‘z universitetlari va hamkorlik imkoniyatlari haqida so‘z yuritdilar.

Uchrashuvda O‘zDJTU tomonidan xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X.Yuldashev, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X. Hakimov, Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yuldoshev, Nemis tili kafedrasi mudiri I.Ziyadullaev va Roman-german tarjimashunoslik kafedrasi mudiri L. Xoliyaorov ishtirok etdi.

 

 

Uchrashuv davomida tomonlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar:
- Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun almashinuv dasturlarini kengaytirish
- Erasmus+ va boshqa xalqaro loyihalarni amalga oshirish
- Ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlikni rivojlantirish
- O‘zDJTU nemis tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil qilish
- Germaniya OTMlari talabalarini yozgi tillar lagerlariga jalb etish

Tadbir davomida mehmonlar O‘zDJTU infratuzilmasi, Axborot-resurs markazi, universitet muzeyi va sport majmuasi bilan tanishtirildi. Shuningdek, ular universitetda tashkil etilgan milliy liboslar ko‘rgazmasiga ham tashrif buyurib, O‘zbekistonning boy madaniy merosi va milliy kiyimlarining o‘ziga xosligi bilan yaqindan tanishdilar.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube