2023-yil 28-sentabr kuni Koreya Respublikasining Soongsil universiteti prezidenti Beom Sik Jang va Xalqaro hamkorlik boʻyicha Vitse-prezidenti Ju-Young Park bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet faoliyati, xalqaro hamkorlik aloqalari hamda taʼlim muassasamizda koreys tilini oʻqitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi hamda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha bir qator takliflarni ilgari surdi.  

1897-yilda tashkil etilgan Soonsil universiteti Koreyadagi eng qadimiy va nufuzli universitet boʻlib, hozirgi kunda ushbu universitetda 19 000 nafar talaba, jumladan 2 000 nafar xorijiy talaba tahsil olmoqda. Universitet xalqaro reytinglarda yuqori oʻrinlarni egallab, jahonning 300ga yaqin oliygohlari bilan hamkorlik qiladi, IT sohasidagi yetakchi kompaniyalar boʻlgan Samsung. LG va Google kompaniyalari uchun malakali mutaxassislarni yetkazib beradi.  

Universitet prezidenti janob Jang Oʻzbekistondagi eng ishonchli hamkor sifatida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan oʻqituvchi va talabalar almashinuvi, 2+2 yoki 3+1 formatdagi qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish va tomonlarni qiziqtirgan boshqa yoʻnalishlarda hamkorlik qilishga tayyorligini maʼlum qildi.

 

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube