2025-yil 20-iyun kuni O’zDJTU Ingliz tili 1 fakulteti dekani, professor Guli Ergasheva Turkiyaga xizmat safari doirasida KADEM (Kadin ve Demokrasi Derneği) nodavlar tashkilotining asoschisi va boshqaruv kengashi a’zosi, Turkiya Respublikasi Prezidenti janob Rejep Tayyip Erdoğanning qizi - Sumeyye Erdoğan Bayraktar bilan uchrashdi.  

 

Mazkur uchrashuv:
davomida gender tengligi, ayollarning ta’lim, ilm-fan va ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish, shuningdek, yosh yetakchilarni tarbiyalash borasidagi strategik tashabbuslar muhokama qilindi.

 

Summeye Erdoğan Bayraktar xonim  O‘zbekiston Respublikasida gender tengligini ta’minlash yo‘lida erishilayotgan yutuqlarni alohida e’tirof etdi. U O‘zbekistonning ushbu sohadagi milliy strategiyasi, jumladan, ta’lim va ilm-fanda ayollar ishtirokini kuchaytirish borasidagi kompleks chora-tadbirlari tahsinga loyiq ekanini ta’kidladi. 

Shuningdek, universitetimiz faoliyati, xususan, ayollar salohiyatini rivojlantirish borasidagi tashabbuslarga yuqori baho berdi hamda O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida O‘zDJTUga alohida tashrif buyurishni niyat qilganini mamnuniyat bilan ta’kidladi. Mazkur tashrif davomida ilmiy seminarlar, ayol yetakchilar bilan uchrashuvlar, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlovchi memorandumlar imzolanishi rejalashtirilmoqda.

 

Shuningdek, Guli Ergashevaning ilmiy-ijtimoiiy faoliyatini yuksak e’tirof etlib, KADEM nufuzli nodavlat tashkiloti a’zoligiga taklif qilindi. Bu taklif ikki tomonlama hamkorlikda navbatdagi muhim bosqichni boshlab beradi, deya e’tirof etildi.

Eslatib o‘tamiz, KADEM (Kadin ve Demokrasi Derneği) bugungi kunda Turkiya bo‘ylab 55 ta mintaqaviy filialga ega bo‘lib, gender tengligi va ayollar huquqlarini ilgari suruvchi eng nufuzli tashkilotlardan biri sanaladi. Professor Guli Ergasheva ushbu tashkilotning Istanbul shahrida joylashgan bosh ofisida (Headquarter) bo‘lish, faoliyati bilan bevosita tanishish hamda rahbariyat bilan strategik uchrashuvlar o‘tkazish baxtiga muyassar bo‘ldi.

 

O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti jamoasi bunday yuksak tashabbuslarni chuqur qadrlaydi va xalqaro miqyosdagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida izchil harakat qilishda davom etadi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube